Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Belarusning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Aleksandr Ogorodnikovni qabul qildi



Unda o‘zaro va manfaatli hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Viloyat rahbari yangi ish boshlagan elchining ishlariga muvaffaqiyat tilab, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Belarusь o‘rtasidagi ishonchli va do‘stona munosabatlar yangi bosqichga chiqib, ko‘plab sohalarda samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligini ta‘kidladi. 2024 yilda Farg‘ona viloyatining Belarusь Respublikasi bilan tashqi savdosi 25,5 million dollarni tashkil etdi. 2025 yilning birinchi choragida esa aylanma 5,4 millionga etdi. Hozirda viloyatimizda Belarusь kapitali ishtirokidagi 4 ta korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lib, oziq-ovqat va kimyo, metallurgiya va to‘qimachalik kabi turli yo‘nalishlarda savdo turlari kengayib bormoqda. Muloqotda viloyatning investision salohiyati va imkoniyatlari haqida ma‘lumot berildi. Ta‘lim, madaniyat, turizm, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, engil sanoat, axborot texnologiyalari kabi qator yo‘nalishlarda aloqalarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik ko‘lamini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi. Go‘sht-sut sanoatida loyihalarni amalga oshirish, qayta ishlash korxonalarini tashkil etish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarini joriy qilish, mutaxassislar tayyorlash masalalari haqida ham so‘z bordi. Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish yuzasidan aloqalarni yanada mustahkamlash, aniq loyihalar ustida ish olib borishga kelishib oldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘onalik ilk ziyoratchilar Haj safariga jo‘nab ketdi


IT sohasida yangi loyihalar amalga oshirilmoqda

Farg‘onada “Telecontact” kompaniyasi filiali faoliyat boshladi