Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1452025-05-16 20:01

IT sohasida yangi loyihalar amalga oshirilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747407546647.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747407550934.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747407554130.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747407557210.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747407560180.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747407564050.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747407566888.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747407569853.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747407573084.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747407576339.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahrida axborot texnologiyalari sohasiga ixtisoslashgan “MoveX Group” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. Kompaniya 2018 yilda o‘z faoliyatini oddiy bir xonadonni ijaraga olib boshlagan bo‘lib, bugun nafaqat O‘zbekistonda, balki AQShda ham o‘z ofisiga ega. Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida 20 dona zamonaviy kompьyuter va texnika vositalari bilan ta‘minlangan. Uch yil davomida 60 nafar yoshlar bu erda yuqori daromadli ishga ega bo‘lishdi. AQShning 30 ga yaqin kompaniyalari bilan masofaviy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida hamkorlik qilib kelmoqda. Bugungi kunda kompaniya veb-saytlar va dasturiy ta‘minotni yangilash, yuk tashish logistikasini muvofiqlashtirish, korxona xavfsizligini ta‘minlash, avtoparklarni nazorat qilish, biznes strategiyalarni ishlab chiqish kabi xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda. Kompaniya tomonidan o‘quv markazi tashkil etilgan bo‘lib, bu erda logistika sohasida faoliyat boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga nazariy bilim va amaliy tajriba berilmoqda. O‘quvni muvaffaqiyatli yakunlagan iqtidorli yoshlar kompaniyada ish bilan ta‘minlanmoqda. Bu erda o‘rtacha 10-12 mln so‘m ish haqi olmoqda. 2024 yil yakuni bo‘yicha kompaniya tomonidan 432 ming dollar miqdorida IT xizmatlar eksporti amalga oshirilgan. Joriy yilda esa bu ko‘rsatkichni uch baravarga oshirish, shuningdek, xodimlar sonini 250 nafarga etkazish maqsad qilingan. Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan ilg‘or kompaniyalardan biri sifatida “MoveX Group” bugun nafaqat yoshlar bandligini ta‘minlash, balki hududning eksport salohiyatini oshirishda ham faol ishtirok etmoqda. Kompaniyaning faoliyati bo‘yicha taqdimot qilinib, reja va loyihalar bo‘yicha ma‘lumot berildi. Viloyat rahbari Farg‘ona yoshlari salohiyatiga ishonishini ta‘kidlab, ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Shu erda viloyatimizda faoliyat olib borayotgan IT park rezidentlari bilan muloqot tashkil etildi. Unda viloyat rahbariga sohadagi yangi loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma‘lumot berib o‘tildi. Viloyat hokimi mamlakatimizda IT sohasining rivoji uchun katta imkoniyatlar yaratilganligini qayd etib, istiqbolli loyihalarni ko‘paytirish, xorijning ilg‘or kompaniyalarini Farg‘onaga jalb etish zarurligini ta‘kidladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 17.05.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft