Farg‘onalik ilk ziyoratchilar Haj safariga jo‘nab ketdi





Farg‘onalik ilk ziyoratchilar Haj safariga jo‘nab ketdi "Haj-2025" dasturi bo‘yicha viloyatimizdan 1600 nafardan ziyod yurtdoshlarimiz Haj safariga yuborilishi rejalashtirilgan. Ziyoratchilarga namunali xizmat ko‘rsatish, ularning haj ibodatlarini go‘zal ado etishlari uchun ayni kunlarda O‘zbekistonning ishchi guruhi tomonidan Madina va Makka shaharlarida zarur chora-tadbirlar ko‘rilgan. Bugun erta tongdan farg‘onalik 240 nafar ilk ziyoratchilar guruhi muborak Haj safariga jo‘nab ketadi. Shu munosabat bilan Farg‘ona shahridagi “Afrosiyob” tantanalar majmuasida ziyoratchilar uchun safar oldidan dasturxon tuzaldi. Prezidentimiz boshchiligida ko‘rsatilayotgan e‘tibor va g‘amxo‘rlik sababli bugungi kunda vatandoshlarimiz emin-erkin Haj amallarini ado etish baxtiga muyassar bo‘layotgani qayd etildi. Haq taolodan bu yilgi haj mavsumi muvaffaqiyatli o‘tishini so‘rab xayrli duolar qilindi. Shundan so‘ng ziyoratchilar maxsus avtobuslarda viloyat yo‘l harakati xavfsizlik xizmati va “Tez yordam” xodimlari kuzatuvida Namangan aeroportiga kuzatib qo‘yildi. Ziyoratchilarni kuzatish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, bo‘lajak hojilarning farzandlari, qarindosh-urug‘lari, yaqinlari ishtirok etdi. Ma‘lumot o‘rnida, ziyoratchilar joriy yilning 28 may kuniga qadar yurtimizning 9 ta hududi – Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlaridagi aeroportlar orqali Madina shahriga kuzatib qo‘yiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz





Farg‘onalik sportchilar Osiyo chempionatida yuqori natijalarga erishishdi

Viloyat hokimi Germaniya delegatsiyasini qabul qildi