Farg‘ona shahar “Beshbola” mahalla fuqarolar yig‘inidagi bo‘sh turgan bino ta‘mirlanib, IT o‘quv markazi tashkil etildi










Bu mahalla yoshlarining zamonaviy axborot texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan yana bir muhim qadam bo‘ldi. Endilikda mahalla yoshlari markazda malakali mutaxassislar ko‘magida axborot texnologiyalarini bemalol o‘rganishlari mumkin. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun mazkur markazning faoliyati bilan tanishdi, yoshlar, mahalla faollari bilan muloqotda bo‘ldi. Ayniqsa, yosh tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan loyihalar yuqori baholandi. Mahallada xorijiy tillar o‘quv markazi faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida yoshlar yaxshi natijalarga erishmoqda. Chet tilini bilish bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 5 nafar yoshlarga noutbuk topshirildi. Yangi ish boshlagan mo‘jaz maskan kompьyuter jamlanmalari va jihozlar bilan ta‘minlandi. Bu erda axborot texnologiyalariga qiziqqan yoshlar veb dasturlash, dizayn, robototexnika kabilarni o‘rganadi. Viloyat rahbari bu kabi markazlar o‘g‘il-qizlar uchun katta imkoniyat ekanligini qayd etib, bilimli, hunarli yoshlar hayotda o‘z o‘rinlarini topishini ta‘kidladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





