Prokuratura organlari faoliyatda asosiy e’tiborini inson huquqlari va erkinliklari hamda jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini ta’minlashga qaratib kelmoqda
Prokuratura organlari faoliyatda asosiy e’tiborini inson huquqlari va erkinliklari hamda jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini ta’minlashga qaratib kelmoqda.
2024-yilda qonunlar ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishlarda aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 15 mingdan ortiq nazorat hujjatlari qo‘llanilgan, natijada 58 mingdan ortiq jismoniy hamda 4 yarim mingdan ortiq yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan. Bu haqida Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining sessiyasida viloyat prokurori Baxtiyorjon Ismoilov prokuratura organlarining 2024-yildagi faoliyati haqidagi hisobotida ma’lum qildi.
Bag‘dod, Furqat, Qo‘shtepa va Rishton tumanlarida 6 nafar ayollarga nisbatan sodir etilgan jinoiy zo‘ravonliklar bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilmagani aniqlanib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atilishi ta’minlangan.
Qurilish obyektlarda 4 mlrd so‘mga yaqin sifatsiz ishlar va 2 mlrd so‘mdan ortiq qo‘shib yozish holatlari aniqlanib, barchasi to‘liq bartaraf etilgan. Qo‘pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 41 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, 9,1 mlrd so‘m zarar undirilgan.
Energiya resurslarini tejashga oid ko‘rilgan choralar natijasida 829,4 mln kVt soat elektr energiyasi va 654,2 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilingan. Reyd tadbirlarida 9 020 ta noqonuniy holatlar aniqlanib, 150 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
So‘x tumani turizm maskaniga aylanadi
So‘x tumanida viloyat sektorlari rahbarlari tomonidan navbatdagi fuqarolar sayyor qabuli o‘tkazildi
1-fevraldan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston-Quvayt o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilib, hududlararo aloqalar faollashmoqda
Farg‘onada “Abduhoshim Ismoilov ijodiy asarlari” xalqaro ko‘rik-tanlovi boshlandi