Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1102025-02-24 15:51

Uchko‘prik tumanida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740394139236.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740394169719.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740394177080.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740394184086.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740394191415.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740394198019.jpg

Uchko‘prik tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari mavzusida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Seminarda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev, tuman sektorlari rahbarlari, soha mutaxassislari, tajribali tomorqachilar, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va hokim yordamchilari ishtirok etdi.

Dastlab Hasanqora qishlog‘ida yashovchi Ziyoviddin To‘ychiyev xonadonida tomorqadan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Ushbu xonadon sohibi o‘z tomorqasida karam, rediska, pomidor, qalampir, bulg‘or qalampiri, tarvuz kabi 24 xil sabzavot ko‘chatlari yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan. Har qarich yerdan unumli foydalangan To‘ychiyevlar oilasi o‘tgan mavsum davomida tomorqadan uch marta hosil ko‘tarib, 150 million so‘m atrofida daromad oldi. Mirishkor oila sohiblari bu yil ushbu daromadni yanada oshirishni ko‘zlab astoydil mehnat qilishmoqda.

Shu qishloqda yashovchi Ahmadali Ermatov tomorqadan foydalanishda o‘ziga xos tajribaga ega sohibkorlardan. U 10 sotix yerda 9 ta kichik issiqxona tashkil etib, qish va bahor oylarida sabzavot ko‘chatlaridan, yozda esa kartoshka va bulg‘or qalampiridan mo‘l hosil yetishtirmoqda.

- Issiqxona usulida pomidor, bodring, qalampir, baqlajon, karam ko‘chatlari yetishtirib, yiliga uch marta hosil olyapmiz. Hozirda bitta issiqxonani o‘zida 25-30 ming dona ko‘chat sotuvga tayyor bo‘lmoqda. Daromad ham shunga yarasha – bir mavsumda sof foydamiz 100-150 million so‘mni tashkil etmoqda, – deydi Ahmadali Ermatov.

Seminarda ta’kidlanganidek, Hasanqora qishlog‘ida tomorqadan foydalanish borasida katta tajriba maktabi yaratilgan. Qishloq aholisining aksariyati ertangi sabzavot ko‘chatlari yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Har yili bosqichma-bosqich 20 million donaga yaqin sabzavot ko‘chatlari yetishtirilib, nafaqat atrof tumanlar va viloyatlarga, balki Tojikiston, Qirg‘iziston kabi qo‘shni davlatlarga ham yetkazib berilayotgani hasanqoraliklarning mirishkorligidan dalolat. Bugunga kelib mahallada 350 dan ziyod tomorqa egalari ko‘chatchilik bilan band.

Seminar davomida Hasanqorada tomorqadan samarali foydalanish va ko‘chat yetishtirish borasida yaratilgan tajribani viloyat bo‘ylab keng ommalashtirish yuzasidan zarur tavsiyalar bildirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740482769105.jpg

Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli 3 martdan boshlanadi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740469556611.jpg

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining navbatdagi oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740468458266.jpg

Buzilayotgan turar va noturar joy obyektining bozor qiymati to‘liq qoplab beriladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740421844196.jpg

Xitoyning Jianhua Ceramics kompaniyasi tomonidan “Qo‘qon” EIZ hududida yirik loyiha amalga oshirilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740421029645.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manfred Xutererni qabul qildi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 25.02.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft