Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

46312025-02-24 23:21

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manfred Xutererni qabul qildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740421029645.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740421037660.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740421041789.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manfred Xutererni qabul qildi. Uchrashuvda savdo - iqtisodiy, investisiyaviy munosabatlar, migrasiya, germaniyalik sarmoyadorlarni viloyatimizga jalb qilish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Viloyat hokimi O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga chiqqanini qayd etib, hududlararo hamkorlik ko‘lami kengayib borayotganini ta‘kidladi. Farg‘onada Germaniya kapitali ishtirokida qator korxonalar soni ortmoqda. O‘tgan yilda Germaniya bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalarda 78 mln. dollar xorijiy investisiyalar o‘zlashtirildi. Hozirgi kunda ushbu davlat bilan hamkorlikda 158 mln. dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Farg‘onada nemis tili o‘quv kurslari, kasb-hunar o‘rgatish markazlari tashkil qilinib, turli yo‘nalishlarda malakali mutaxassislar tayyorlanayotgani, bunday kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan Germaniya uchun ham manfaatli bo‘lmoqda. Shundan kelib chiqib, uchrashuvda Germaniya ishbilarmonlaridan iborat delegasiyalarning Farg‘onaga kelishi, viloyat delegasiyasining mazkur davlatga borishi, hududlararo aloqalarni yanada rivojlantirish, barcha sohalarda hamkorlik ko‘lamini kengaytirish istiqbollari kelishib olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 03.07.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft