Xitoyning Jianhua Ceramics kompaniyasi tomonidan “Qo‘qon” EIZ hududida yirik loyiha amalga oshirilmoqda


Xitoyning Jianhua Ceramics kompaniyasi tomonidan “Qo‘qon” EIZ hududida amalga oshirilayotgan yirik investisiya loyihasi yakuniy bosqichga kirdi. Bu haqida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov qabulida bo‘lgan kompaniya rahbari Vu Xon Syan ma‘lum qildi. Keramika mahsulotlari va kafelь ishlab chiqarish yo‘nalishidagi mazkur loyihaga xitoylik investorlarning 50 mln. dollar to‘g‘ridan - to‘g‘ri investisiyasi jalb qilingan. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar asosan ichki bozorga, shuningdek, qo‘shni davlatlarga eksportga chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Uchrashuvda loyihani ishga tushirish bilan bog‘liq texnik jarayonlar, zaruriy muhandislik - kommunikasiya tarmoqlarini tortish ishlarining holati, ish o‘rinlarini yaratish masalalari haqida so‘z bordi. Jianhua Ceramics rahbari loyiha har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani uchun minnatdorlik bildirib, mart oyida ishlab chiqarishni boshlash rejalashtirilayotganini ta‘kidladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





