Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining navbatdagi oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi





Viloyat hokimligi katta majlislar zalida xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining navbatdagi oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Videokonferensaloqa shaklida o‘tgan sessiya ishida viloyat Kengashi deputatlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Kun tartibiga ko‘ra, viloyat Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i Zafarjon Ro‘zaliyev belgilangan masala yuzasidan hisobot berdi.
Davlatimiz rahbarining tegishli farmonlari ijrosi bo‘yicha viloyat hokimligi tomonidan “Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi” hisobidan moliyalashtiriladigan viloyat hududlarida “Zarbdor” tajribasi asosida shakllantirilgan “drayver” loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki manzilli ro‘yxati shakllantirilib, ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun viloyat Kengashiga kiritilgan, sessiya ishida ushbu loyihalar tanishtirildi va deputatlarga ma’lumot berildi.
Manzilli ro‘yxatga ko‘ra, viloyatda zahira hamda imkoniyatlarni ishga solish orqali hududlarni rivojlantirishni yanada jadallashtirish va aholi bandligini oshirish bo‘yicha viloyatning barcha tuman (shahar)lari bo‘yicha jami 108 ta “drayver” loyihalar shakllantirilib, ushbu loyihalardan dastlabki 40 tasini zarur infratuzilma bilan bog‘liq xarajatlariga respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 99 mlrd 384 mln so‘m miqdorida mablag‘ ajratish rejalashtirilgan.
Elektr tarmoqlari, ichimlik suvi va oqava tarmog‘ini, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va boshqa ezgu tadbirlarni o‘z ichiga olgan loyihalar hisobotda ko‘rsatib o‘tildi.
Sessiyada deputatlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Loyihalarni belgilangan tartibda amalga oshirilishida hududlarda deputatlar nazoratini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Yakunda ko‘rilgan masala yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli 3 martdan boshlanadi

Buzilayotgan turar va noturar joy obyektining bozor qiymati to‘liq qoplab beriladi

Xitoyning Jianhua Ceramics kompaniyasi tomonidan “Qo‘qon” EIZ hududida yirik loyiha amalga oshirilmoqda

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manfred Xutererni qabul qildi

Uchko‘prik tumanida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish bo‘yicha seminar o‘tkazildi