Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2022025-03-20 12:07

Huquqni fuqarolik huquqlarini himoya qilish usuli sifatida tan olishning o‘ziga xos hususiyatlari.

http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2082233066724690.jpg

Huquqning fuqarolik huquqlarini himoya qilish usuli sifatida tan olishni tadqiq e’tishda "huquqiy tabiat" tushunchasining ta’rifiga to‘xtalib o‘tamiz. «Huquqiy tabiat» iborasi huquqiy hodisaning chuqur, muhim xususiyatlari, aniqrog‘i, uning huquqiy ildizlari haqida so‘z yuritishga imkon beradi. Fuqarolik huquqlarini himoya qilishning ko‘rib chiqilayotgan usulining huquqiy mohiyatini aniqlash uning tarkibiy xususiyatlarini aniqlashtirish, unga to‘liq huquqiy tavsif berish, huquqni fuqarolik huquqlarini himoya qilishning boshqa usullaridan farqlash imkonini beradi. Ma’lumki, fuqarolik huquqlarini himoya qilish quyidagi shakllar orqali amalga oshiriladi: 1) faqat sud tomonidan, ayrim holatlarda esa boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘llanadigan usullar, bu esa muayyan usul vositasida himoya qilish to‘g‘risida ularga iltimosnoma bilan murojaat qilish zaruratini nazarda tutadi (huquqni tan olish, huquq buzilguniga qadar mavjud bo‘lgan holatni tiklash, huquqni buzuvchi harakatlarni to‘xtatish va h.); 2) huquqiy munosabat ishtirokchisi tomonidan mustakil ravishda qo‘llanadigan usullar (o‘z-o‘zini himoyalash, qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, majburiyatlarni bajarishdan bir tomonlama voz kechish yo‘li bilan huquqiy munosabatlarni bekor qilish va b.); 3) ham sud organlarining yordami bilan, ham mustaqil tartibda qo‘llanadigan usullar (zararni qoplash, neustoyka undirish va b.). Fikrimizcha, huquqni fuqarolik huquqlarini himoya qilish usuli sifatida tan olish talabi uni faqat sud (da’vo) tartibida ko‘rib chiqishni talab qiladi. Shu munosabat bilan fuqarolik huquqlarini himoya qilish usuli sifatida huquqni tan olishning yana bir o‘ziga xos xususiyatini qayd etish joiz. Ko‘rib chiqilayotgan himoya usuli, agar huquqni tan olish talabi to‘g‘risidagi hal qiluv qarori majburiy, yakuniy, qonuniy kuchga kirishga qodir bo‘lsa, amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi. Faqat shu shart bilan tan olish talabi doirasida tasdiqlangan huquqiy munosabat ishtirokchilari o‘zlarining huquqiy pozisiyalariga ishonch hosil qilishlari mumkin. Bundan tashqari, sub’yektiv fuqarolik huquqi bo‘yicha nizoni ko‘rib chiqish suddan holatlarni chuqur o‘rganishni, qonunni to‘g‘ri qo‘llashni va uni to‘g‘ri hal etishning ishonchli kafolatlarini talab qiladi. Shunday qilib, fuqarolik huquqlarini tan olish yo‘li bilan himoya qilish uchun an’anaviy ravishda qo‘llaniladigan yurisdiksiya shakli (sud prosessi) eng maqbul shakldir. Raximjon Qosimov Farg‘ona viloyat sudi sudyasi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 08.05.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft