Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

812025-05-07 17:12

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

http://api3.fergana.uz/files/150000/news/file-2087210841208390.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150000/news/file-2087210841244240.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150000/news/file-2087210841271725.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150000/news/file-2087210841303990.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150000/news/file-2087210841345815.jpg

Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari, viloyat Kengashi deputatlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Ayrim viloyat Kengashi deputatlari onlayn tarzda qatnashdi. Dastlab viloyatda davlat fuqarolik xizmati sohasida islohotlarni yo‘lga qo‘yish, bu borada kadrlar siyosatini tizimli olib borish, keng dunyoqarashga ega, zamonaviy fikrlaydigan, yuqori mas’uliyatni his etadigan, fidoyi, sadoqatli va salohiyatli kadrlar salmog‘ini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Ahadjon Akbarovning hisoboti tinglandi. Sessiyada shuningdek, “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha” viloyat hududiy Kuzatuv Kengashining takliflari, 2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2025 yilda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ko‘rib chiqish va tasdiqlash kabi masalalar ham ko‘rib chiqildi. Sessiyada ko‘rib chiqilgan har bir masalalar yuzasidan Xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 08.05.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft