Qo‘qon shahrida renovatsiya dasturi doirasida aholi uchun qulay sharoitlarga ega “Yangi O‘zbekiston” massivi barpo etilmoqda







Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Qo‘qon shahrida bo‘lib, shahardagi Movarounnahr, Xo‘jand va Istiqlol ko‘chalari hududida renovatsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilish ishlari bilan tanishdi. Mazkur yirik loyiha doirasida 10 va 16 qavatdan iborat 83 ta uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan. Ayni kunlarda 56 ta uylarning qurilishi boshlandi. Shuningdek, massivda zamonaviy shourum, biznes markaz, maktabgacha ta‘lim muassasasi, umumta‘lim maktabi, oliygoh, mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar maskanlar, ko‘p qavatli avtoturargoh, madaniy meros binosi, xizmat ko‘rsatish ob‘ektlari, yoqilg‘i quyish shoxobchasi va boshqa aholi uchun qulay infratuzilmalar yaratiladi. Viloyat hokimi mas‘ullar va quruvchilar ishtirokida qurilish ishlarining borishini muhokama qildi. Qurilish ishlarini jadallashtirish, sifatli bajarish hamda muhandislik-kommunikasiya tarmoqlarini yaxshilash borasida aniq vazifalar belgilab berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!