Qishloq xo‘jaligida bugungi kunda ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga muhim e‘tibor qaratilmoqda





Qishloq xo‘jaligida bugungi kunda ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga muhim e‘tibor qaratilmoqda. Xususan, Yozyovon tumanida paxta, g‘alla, sholi va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishda bundan keng foydalanilyapti. Ayni kunlarda Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda mahalliy iqlim sharoitiga mos yuqori hosilli navlarning sinovi olib borilayotgan bo‘lib, “Bahrombek” fermer xo‘jaligining 17 gektar maydonida ilg‘or tajriba qo‘llanilyapti. Ko‘rgazmali ko‘chatzorlar tashkil qilinib, resurstejamkor agrotexnologiyalar joriy etiladi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun mazkur jarayon bilan tanishdi, amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma‘lumot berildi. Sholichilik sohasi oldida ham suvni iqtisod qilish, kam xarajat qilib ko‘p daromad olish, suvsizlikka chidamli, mahalliy iqlim sharoitimizga mos yangi navlar yaratish, mahsulot tannarxini arzonlashtirish kabi vazifalar turganligi ta‘kidlandi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, sholichilikda ko‘chatlab ekish texnologiyasi tufayli suvni 50 foizga tejab qolish imkoni bor. Yangi usuldagi sholi etishtirish suv va boshqa xarajatlarni kamaytirish va manfaatdorlikni oshirishga xizmat qilishi aytib o‘tildi. Urug‘chilik yo‘nalishidagi “Bahrombek” fermer xo‘jaligida 50 gektar maydonda bug‘doyning “Davr” navi agrotexnik talablar asosida parvarishlanmoqda. Viloyat rahbari g‘alla parvarishini ko‘zdan kechirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!