Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2742025-03-22 11:36

“Tashabbusli budjet”ning birinchi mavsumida Farg‘ona viloyatida 254 ta loyiha g‘olib bo‘ldi

http://api3.fergana.uz/files/150000/news/file-2082437311244310.jpg

2025-yilning birinchi mavsumida “Tashabbusli budjet” uchun ovoz berish jarayoniga Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami 2305 ta loyiha ilgari surilgan edi. Ularning 2042 tasi tasdiqlangan. Tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, 1194,53 mingta ovoz berilgan.

Ovoz berish jarayonlari yakunlariga ko‘ra, viloyatdagi 220 ta mahallalarda jami 916,26 mingta ovozlar bilan 254 ta “Eng ko‘p” ovoz to‘plagan jami 363,48 mlrd. so‘mlik loyihalar g‘olib deb topildi.

Hududlar kesimida olib qaraganda, Farg‘ona viloyatida aholini jalb qilish darajasi 29,5 foizni tashkil etdi. Dang‘ara tumanida eng yuqori 48 foiz, Toshloq tumanida esa eng past 13 foiz aholi jalb etilgan. Mutanosib ravishda g‘olib loyiha bo‘yicha eng yuqori ovozni Dang‘ara tumani 9072 to‘plagan bo‘lsa, past ovozni Toshloq tumani 282 ta olgan.

Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida 17 tadan loyiha, Marg‘ilon shahri, Uchko‘prik, Toshloq tumanlarida 15 tadan loyiha, Bag‘dod tumanida 18 ta loyiha, Buvayda, Farg‘ona, Qo‘shtepa tumanlarida 16 tadan loyiha, Oltiariq, Beshariq, Rishton, O‘zbekiston tumanlarida 14 tadan loyiha, Dang‘ara tumanida 12 ta loyiha, Furqat, Yozyovon tumanlarida 11 tadan loyiha, Quvasoy shahrida 10 ta loyiha, So‘x tumanida 9 ta loyiha g‘olib bo‘lgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742810455001.jpg

Farg‘ona shahrida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742796029792.jpg

Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Rossiyada

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742740526043.jpg

Bayramlar bayramga ulanmoqda: O‘rik sayli minglab farg‘onaliklarga bir olam quvonch baxsh etdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742662002151.jpg

"O‘rik gullaganda" II yoshlar ijodiyot festivali davom etmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742660298754.jpg

Bag‘dodda bahorgi qishloq xo‘jaligi ishlari, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, yo‘l bo‘yi servis infratuzilmasi o‘rganildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742649570879.jpg

Viloyatimizdagi barcha sanoat zonalari yashillikka burkanadi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 25.03.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft