Viloyat axborot-kutubxona markazida viloyat hokimligi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi






Viloyat axborot-kutubxona markazida viloyat hokimligi tomonidan "Farg‘ona viloyatining 2024-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilda erishiladigan natijalar" mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev, viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov, viloyat daxldor boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, respublika va mahalliy OAV vakillari, blogerlar ishtirok etdi.
Dastlab viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev 2024-yil yakuni bo‘yicha viloyatning iqtisodiy, ijtimoiy ko‘rsatkichlari, investitsiya, qurilish, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish yo‘nalishlarida olib borilgan ishlar, loyihalar haqida batafsil ma‘lumot berdi.
Ta‘kidlandiki, o‘tgan yili yalpi hududiy mahsulot - 91,3 trln. so‘mni tashkil etdi. 433,7 ming nafar aholi bandligi ta‘minlandi.
2024-yilda ishga tushirilgan investitsiya loyihalari soni - 1182 ta, qiymati - 1 034 mln. dollar, yaratilgan ish o‘rni - 36 mingta bo‘ldi.
Farg‘ona viloyatida 2024-yilda 220 ta 8 600 xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar qurish belgilangan bo‘lib, bu boradagi ishlar, infratuzilmani rivojlantirish, kommunal sohalar bilan bog‘liq jarayonlarga batafsil to‘xtalib o‘tildi.
2025-yilda Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar sanab o‘tildi.
Matbuot anjumani davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Bu kabi anjumanlar davomli amalga oshirilishi va ijro hokimiyatining faoliyati haqida muntazam OAV hamda keng jamoatchilikka belgilangan tartibda ma‘lumotlar yetkazib borilishi ma‘lum qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Xinjiang Yingjie Ecological Greening Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Lyu Insze boshchiligidagi kompaniya vakillarini qabul qildi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov turkiyalik mutaxassis Emrah Turkyilmaz bilan uchrashdi

Quvonchli dil so‘zlari: “O‘zbekistonning baxtli fuqarosiman”

Hududlarda kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

Asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida farg‘onalik yoshlar yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi