Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

27162025-03-26 14:55

Farg‘onada Xitoy investitsiyasi asosida zamonaviy bino-inshootlar barpo etiladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742982659902.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742982669227.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742982675106.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742982678276.jpg

Farg‘onada Xitoy investitsiyasi asosida zamonaviy bino-inshootlar barpo etiladi. Bu haqida viloyat hokimligida xitoylik investorlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma‘lum qilindi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Li Kong boshchiligidagi “Jilin Rongda Group” kompaniyasi delegatsiya a‘zolari bilan uchrashdi va unda istiqboldagi loyihalar muhokama qilindi. “Jiling Rongda Group” Xitoyning yirik sanoat kompaniyalaridan biri bo‘lib, sanoat, energetika, qurilish kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan. Hozirda 1200 nafardan ziyod xodimlar faoliyat olib boradi. Viloyat rahbari bilan uchrashuvda kompaniya vakillari Farg‘onada qurilish yo‘nalishidagi loyihalarga katta qiziqish bildirdilar va sarmoya kiritish niyatida ekanliklarini ta‘kidladilar. Shundan kelib chiqib, viloyat rahbari Farg‘onada ko‘p qavatli, eng zamonaviy hamda barcha qulay shart-sharoitlarga, xizmat ko‘rsatish va savdo shoxobchalariga ega bo‘lgan majmualar qurilishi zarurligini qayd etdi. Ishlarni tizimli olib borish va aniq loyiha va reja asosida jarayonlarni amalga oshirish yuzasidan hamkorlikdagi ishlar kelishib olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 24.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft