Farg‘onada yapon bog‘i, mehmonxona va restoranlar majmuasi loyihasini amalga oshirishga kirishiladi





Farg‘onada yapon bog‘i, mehmonxona va restoranlar majmuasi loyihasini amalga oshirishga kirishiladi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Okuda Takefumi boshchiligidagi Yaponiyaning ishbilarmonlar delegasiyasini qabul qildi. Uchrashuvda yapon kompaniyasi tomonidan Ekoshahar hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan, umumiy qiymati 15 million dollarlik “Shogun City” loyihasi haqida so‘z bordi. Ushbu loyiha doirasida yapon bog‘i, mehmonxona va restoranlar majmuasini barpo etish ko‘zda tutilgan. Muloqotda loyihaning hujjat ishlari yakuniy bosqichda ekani va tez orada qurilish ishlari boshlanishi qayd etildi. Kunchiqar yurt vakili Okuda Takefumi mamlakatimizda, xususan, Farg‘onada yapon investorlari biznes yuritishga katta qiziqish bildirayotgani, hozirda ham 20 ga yaqin tadbirkor viloyatimizda bo‘lib turganini ta‘kidladi. Shuningdek, kelgusida yaponiyalik tadbirkorlar viloyatga tashrif buyurib, mavjud imkoniyatlar bilan tanishib, o‘z loyihalarini taklif etishlari va amalga oshirishlari rejalashtirilgani ma‘lum qilindi. Viloyat hokimi bildirilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlab, “Fergana Shogun” majmuasi loyihasi har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishini, ishlarni jadallashtirish va boshlash zarurligini ta‘kidladi. Uchrashuvda loyihani amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Xitoyning “Daqin Cableway” kompaniyasi vakillari bilan videomuloqot o‘tkazildi

Farg‘onada Huawei kompaniyasining yagona rasmiy filiali ishga tushdi

