Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2922025-04-03 18:54

Shavkatjonov Nozimjonning erishgan yutuqlari etirof etildi.

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2083707746649400.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2083707746669715.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2083707746680470.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2083707746691225.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2083707746697200.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2083707746707955.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2083707746716320.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2083707746728270.jpg

2024- 2025 o‘quv yili asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida maktab-internatning 11-sinf o‘quvchisi Shavkatjonov Nozimjon Tursunali o‘g‘li fizika fanidan faxrli 1-o‘rinni egalladi. Shu munosabat bilan Dang‘ara tumani 1-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumta’lim maktab-internatida taqdirlash tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Dolimov, Dang‘ara tumani hokimi Sh.Tojihakimov va tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A.Sodiqovlar ishtirok etdi. Tadbir davomida Shavkatjonov Nozimjonning erishgan yutuqlari etirof etilib,Nozimjonga faxriy yorlig‘i va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. Shavkatjonov Nozimjon 2024-yil 15-21 sentabr kunlari Rossiyaning Sochi shahrida o‘tkazilgan 3-ochiq Xalqaro astronomiya olimpiadasi (OWAO)da O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi sifatida ishtirok etib, kumush medalni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2025-yil 13-18 yanvar kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tkazilgan 21-Xalqaro Jautikov olimpiadasi fizika fanidan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi sifatida ishtirok etib, bronza medalni qo‘lga kiritgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 07.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft