Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

12622025-04-11 09:06

Asilbek Aliyev Ravshanjon o‘g‘li – yosh va istiqbolli futbolchi

http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2084491532780720.jpg

Asilbek Aliyev Ravshanjon o‘g‘li 2009-yil 1-yanvarda Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida tug‘ilgan. Futbolga bo‘lgan qiziqishi bolalikdan shakllangan bo‘lib, maktabi yaqinida joylashgan stadion unga ilk ilhom manbai bo‘lgan. Kattaligi bilan birga ko‘chada futbol o‘ynab ulg‘aygan Asilbek akalarining qiziqtirishi va oilasining ko‘magida ushbu sport turiga jiddiy qadam qo‘ygan. 2015-yilda Buvayda tumani 26-maktabining 1-sinfiga qabul qilinib, ilk bilimlarini ustoz Sobirova Odinaxon qo‘l ostida olgan. Maktab yillarida u sportga, xususan, futbolga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirdi. 2018-yilda Yangiqo‘rg‘on shaharchasidagi Zafarjon Quvvattaliyev rahbarligidagi futbol to‘garagiga qatnasha boshladi. Bu esa uning sportdagi ilk jiddiy maktabi bo‘ldi. 2021-yilda esa u Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida faoliyat yuritayotgan “Odil Junior” futbol maktabiga qabul qilindi. Bu yerda murabbiy Maxammadjonov Qaxramon qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib bordi va o‘z mahoratini yanada rivojlantirdi. 2022-yil Asilbek uchun yangi bosqich bo‘ldi – u Respublika Olimpiya va Paralimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchisiga qabul qilindi. Bugungi kunga kelib, u “Odil Junior” futbol maktabining iqtidorli tarbiyalanuvchisi sifatida faoliyat yuritmoqda. Oilasiga to‘xtaladigan bo‘lsak: - Otasi Odilov Ravshanjon Aliyevich – 1970-yil 5-yanvarda tug‘ilgan, Qo‘qon shahri neft texnikumini tamomlagan. - Onasi Odilova Odinaxon Meliqo‘ziyevna – 1972-yil 21-yanvarda tug‘ilgan, hozirda Buvayda tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli QED bo‘limida hamshira bo‘lib ishlaydi. Asilbekning sportga bo‘lgan intilishi, oilaviy tarbiya va murabbiylarning doimiy ko‘magi tufayli u o‘z yo‘lida dadil odimlamoqda. Kelajakda yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda himoya qiladigan professional futbolchi bo‘lish sari izchil harakat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 29.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft