“Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovining Dang‘ara tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.








“Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovining Dang‘ara tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. ✅Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish, madaniy saviyasini yuksaltirish va milliy san’at an’analarini asrash maqsadida o‘tkazilayotgan “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovining Dang‘ara tuman bosqichi tantanali ravishda tashkillandi. 📌 Dang‘ara tumanidagi 27-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilar dutor, rubob va doira kabi milliy cholg‘u asboblari jo‘rligida o‘zbek xalq kuylarini mahorat bilan ijro etdilar. Tanlov natijasiga ko‘ra 1 -o‘rin 12-umumta’lim maktabining "Iste’dod" ansambliga; 2-o‘rin 26-umumta’lim maktabning "Shukrona" ansambliga; 3-oʻrin 17-maktabning "San’at g‘unchalari" va 27-umumta’lim maktabining "Sado" ansambllariga nasib qildi. Ko‘rik tanlovda faol ishtiroki uchun 1-, 29-, 39-maktab jamoalariga tashakkur aytamiz. Viloyat bosqichiga yo‘l olgan 12-maktabning "Iste’dod" ansambliga omad tilaymiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bugun So‘x tumanida

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyadan kelgan investorlarni qabul qildi

Farg‘ona viloyatida g‘alla o‘rimi mavsumi boshlandi.

Farg‘onada ham “Dolzarb 90 kun” tadbirlari boshlandi

San‘at va do‘stlik bayrami: Botkenda xalqaro qo‘shiq festivali o‘tkazildi