Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2392025-06-01 07:16

San‘at va do‘stlik bayrami: Botkenda xalqaro qo‘shiq festivali o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748743941322.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748743947643.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748743950777.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748743955055.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748743958758.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748743962407.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748743967653.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748743973255.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748743979675.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748743982531.jpg

San‘at va do‘stlik bayrami: Botkenda xalqaro qo‘shiq festivali o‘tkazildi

Qirg‘iz Respublikasining Botken shahrida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegaraoldi hududlari madaniyat va san‘at ustalari ishtirokida “Ir mayrami” (Qo‘shiq bayrami) xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg‘ona viloyati delegasiyasi ham ishtirok etdi.

Shaharning markaziy o‘yingohida bo‘lib o‘tgan tadbirda dastlab uch xalqning hamjihatligini ifoda etuvchi sahnalashtirilgan ko‘rinish namoyish etildi.

Tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqan Qirg‘iz Respublikasi Prezidentining Botken viloyatidagi vakolatli vakili Aybek Shamenov, Tojikistonning So‘g‘d viloyati raisi o‘rinbosari Zaynura Oqilzoda azaldan tinch-totuv, ahil va inoq hayot kechirib kelayotgan uch xalqning o‘zaro tarixi, madaniy va diniy qadriyatlari mushtarak ekanini alohida ta‘kidladilar. Ayniqsa, so‘nggi yillarda davlatlar o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik munosabatlari yanada mustahkamlangani, bu jarayonda davlat rahbarlarining siyosiy irodasi, ochiq va pragmatik siyosati hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.

Festivalda so‘zga chiqqan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilganini, chegaralar ochilishi xalqlarimizning yanada yaqinlashishiga xizmat qilayotganini ta‘kidladi.

Joriy yilning 31 mart kuni Xo‘jand shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov ishtirokidagi uch tomonlama uchrashuv, unda davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma imzolangani hamda Qo‘shma deklarasiya qabul qilingani xalqlarimiz ko‘p yillardan buyon kutgan muhim voqelik  bo‘lgani e‘tirof etildi.

“Tantanali ravishda ochilgan Do‘stlik stelasi qardosh mamlakatlar o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklik munosabatlarining yangi ramziga aylandi”, — dedi viloyat hokimi.

Shuningdek, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov festivalda ishtirok etayotgan uch xalqning san‘at ustalariga minnatdorlik bildirib, san‘at va do‘stlik bayrami bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.

Festivalь doirasida o‘zbek, qirg‘iz va tojik san‘atkorlari ishtirokida gala-konsert bo‘lib o‘tdi. Unda xalqlarimizning o‘ziga xos san‘at durdonalari va boy madaniy merosi yorqin bo‘y ko‘rsatdi. O‘zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov rahbarligidagi “Yalla” guruhi, Sevinch Mo‘minova kabi o‘zbekistonlik mashhur san‘at ustalarining chiqishlari festivalь ishtirokchilari tomonidan olqishlar bilan qarshi olindi.

Tadbir davomida xalqlarimiz birdamligi va hamjihatligi yana bir bor namoyon bo‘ldi. Tinchlik, do‘stlik yana bir bor ulug‘landi.

Osmon uzra otilgan mushaklar barcha festivalь ishtirokchilari va yig‘ilganlarga o‘zgacha quvonch va xushkayfiyat ulashdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748776555721.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyadan kelgan investorlarni qabul qildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748771597783.jpg

Farg‘ona viloyatida g‘alla o‘rimi mavsumi boshlandi.

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748761422590.jpg

Farg‘onada ham “Dolzarb 90 kun” tadbirlari boshlandi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748672305596.jpg

Viloyatimizda “Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalari” shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748615113112.jpg

Farg‘onada g‘alla mavsumida zamonaviy g‘alla o‘rish kombaynlari ishtirok etadi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 02.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft