So'x tumanida Tatariston bilan hamkorlikda zamonaviy yirik ko'p tarmoqli poliklinika ochilishi ko'zda tutilmoqda





"Chelni shahridagi zamonaviy shifoxonaga So'x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev o'z o'rinbosarlari va tuman Xalq banki rahbari bilan birga tashrif buyurdi. Mehmonlar shifoxonadagi ko'rsatilayotgan tibbiy yordam sifati va ishning tashkil etilishiga yuqori baho berishdi," - deya xabar bermoqda Tataristondagi mahalliy nashrlardan biri. 2024 yilda "Rossiya-Islom olami: Kazanforum" Xalqaro iqtisodiy forumida mazkur shahardagi Shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasi va So'x tumani tibbiyot birlashmasi o'rtasida sog'liqni saqlash sohasida hamkorlik memorandumi imzolangan. So'x tumanida zamonaviy, yirik, ko'p tarmoqli poliklinika ochilishi rejalashtirilgan bo'lib, So'x tumani delegatsiyasi Tataristondagi tez tibbiy yordam shifoxonasi tajribasi ular uchun foydali bo'lishiga ishonch bildirmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi


