Farg‘onada Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Motamsaro ona” haykali poyiga gullar qo‘yildi










Farg‘onada Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Motamsaro ona” haykali poyiga gullar qo‘yildi Viloyatimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu muhim sana munosabati bilan bugun erta tongda shahar markazida joylashgan “Vatanparvarlar bog‘i”dagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi. Tadbirda viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, urush va mehnat faxriylari, yoshlar, harbiylar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, hokim o‘rinbosarlari, kotibiyat va guruh rahbarlari birgalikda viloyat hokimligi nomidan “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambar qo‘yilib, o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, viloyat mudofaa, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta‘minlovchi organlari, viloyat boshqarmalari va tashkilotlari hamda keng jamoatchilik vakillari ham ishtirok etib, majmua poyiga gullar qo‘yishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





