Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

622025-04-23 15:56

O‘zbekiston tumani delegatsiyasi Batkenda bo‘lib o‘tgan xalqaro festivalda ishtirok etdi

http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2085759939004110.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2085759939007695.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2085759939012475.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2085759939018450.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2085759939019645.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2085759939022035.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2085759939023230.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2085759939024425.jpg

Qirg‘iziston Respublikasining Batken shahrida “O‘rik guli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi. Qo‘shni qardoshlarimiz taklifiga binoan mazkur tadbirda O‘zbekiston, So‘x va Rishton tumanlari hokimlari boshchiligidagi delegatsiyalar ham ishtirok etdi.

Festival doirasidagi tadbirda so‘z olganlar azaldan ikki xalqni boy do‘stona qadriyatlar, tili va dini, tarixi, urf-odat va an’analari, madaniyati bog‘lab turishi, ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli o‘zaro aloqalarimiz mohiyatan yangicha shakl va mazmun kasb etayotganini ta’kidlashdi.

Ma’lumki, ijodkor faoliyati uchun ko‘rgazma va festivallarning ahamiyati katta. Boisi shu kabi tadbirlarda ular o‘z mehnatlari mahsulining qiymati va bahosini his qilishadi hamda bundan motivatsiya olishadi. Ana shu maqsadlarga yo‘naltirilgan ijodiyot va do‘stlik festivalida O‘zbekiston tumani hunarmandlari, shuningdek Qudash “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi yashovchilari tomonidan yaratilgan buyumlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Yarmarkada gullar, idishlar, taomlar, kiyim-kechak va mahalliy aholi tomonidan sotilayotgan mahsulotlar namoyish etildi.

Tadbir doirasida mehmonlar Botken tumanida joylashgan Muz-Bulak qo‘riqxonasida ham bo‘lib, u yerda "Aygүl" gulining gullashini kuzatishdi.

Ikki davlat o‘rtasida hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat hamda teng huquqlilikka asoslangan do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi bu kabi tadbirlar kelgusida ham muntazam va ana shunday mazmunga boy o‘tishiga iliq tilaklar bildirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745237875355.jpg

Respublika yosh ijodkorlari Zomin seminarining mintaqaviy bosqichi Farg‘onada adabiyot bayramiga aylandi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745236039642.jpg

Farg‘ona viloyati va Xitoyning provinsiyalari o‘rtasida hamkorlik jadal rivojlanadi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745122203106.jpg

Farg'onada “Dual ta‘limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745118956033.jpg

Farg‘onada Xitoyning kompaniyalari bilgan hamkorlikda traktorlar ishlab chiqariladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745054910311.jpg

Turkiyaning Anqara shahridagi xiyobonda ulug‘ qomusiy olim Ahmad al-Farg‘oniy byusti o‘rnatildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745053756504.jpg

Farg‘ona viloyati delegasiyasining Xitoyga tashrifi doirasida hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 24.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft