Farg‘onada yirik loyihalarning qurilishi boshlandi








Farg‘ona shahridagi Ekoshahar hududida 13 qavatli zamonaviy IT–parkning qurilishiga start berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, nuroniylar va quruvchilar ishtirok etdi.
Majmuada konferensiya zali, o‘quv xonalari, savdo do‘konlari, restoran kabilar quriladi. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkida soha vakillari uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
Qo‘shtepa tumanidagi Nurafshon MFY hududida charm poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish kichik sanoat zonasining qurilishiga kirishildi.
Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, bu kabi sanoat zonalarining barpo etilishi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulay sharoitlar yaratish, aholi bandligini ta‘minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta‘kidladi.
9 gektar maydonda charm poybazal ishlab chiqarish hamda savdo markazi tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu erda 11 ta ishlab chiqarish ob‘ektlari, savdo majmuasi, logistika markazi qad rostlaydi. Sanoat zonasida 4-5 ming aholining bandligi ta‘minlanadi.
Nuroniylarning duolari bilan qurilish ishlari boshlanib, tamal toshi qo‘yildi.
Marg‘ilon shahridagi qarovsiz holatdagi akva parkda davlat-xususiy sheriklik asosida keng ko‘lamli obodonlashtirish, rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi. Aholining dam olishlari uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Bu erning bo‘sh hududida maktab, bog‘cha, IT-park barpo etilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyihani amalga oshirilishiga kirishildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika yosh ijodkorlari Zomin seminarining mintaqaviy bosqichi Farg‘onada adabiyot bayramiga aylandi

Farg‘ona viloyati va Xitoyning provinsiyalari o‘rtasida hamkorlik jadal rivojlanadi

Farg'onada “Dual ta‘limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada Xitoyning kompaniyalari bilgan hamkorlikda traktorlar ishlab chiqariladi

Turkiyaning Anqara shahridagi xiyobonda ulug‘ qomusiy olim Ahmad al-Farg‘oniy byusti o‘rnatildi

Farg‘ona viloyati delegasiyasining Xitoyga tashrifi doirasida hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi