O‘RQ-1047-sonli qonuni bilan sud muhokamasi ishtirokchilariga sud majlisida ishtirok etishi yanada osonlashtirildi.

2025 yil 12 martda kuchga kirgan "Aholiga sud muhokamalarida masofadan ishtirok etish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi qonun ushbu sohada yangi qulayliklar yaratdi.
Sudlar faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar fuqarolarga o‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutmoqda.
Oliy sudning "Adolat" axborot tizimlari kompleksi platformasida Interaktiv xizmatlar portali (my.sud.uz) ishga tushirildi. Unda jismoniy va yuridik shaxslar uchun sudlarga elektron shaklda murojaat qilish, sud xarajatlarini elektron tarzda to‘lash, qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari bilan tanishish, ishlar holatini onlayn kuzatib borish, sud chaqiruv qog‘ozini elektron olish, sud majlisi jadvali bilan onlayn tanishib borish, dunyoning istalgan nuqtasidan turib sud majlislarida mobil videokonferensaloqa tizimi orqali ishtirok etish kabi interaktiv xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Sudning mobil videokonferensaloqa rejimidagi majlislari kibertahdidlardan himoyalangan bo‘lib, jarayonlarda xavfsiz kanallar, xususan, "OneID" yagona identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tib vka.sud.uz manzili orqali "TE Mobile" va "TE Desktop" ilovalaridan foydalangan holda zamonaviy shaxsiy aloqa qurilmalar (smartfon, planshet, noutbuk) vositasida ishtirok etish mumkin.
Biroq fuqarolik, iqtisodiy hamda ma’muriy sud ishlarini yuritishda sud prosessi ishtirokchilarining mobil videokonferensaloqa orqali sud majlisida ishtirok etishining huquqiy asoslari mavjud emas edi.
Yangi qonun bilan Fuqarolik prosessual, Iqtisodiy prosessual va Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodekslarga sud majlislarida sud binosiga kelmasdan masofadan turib mobil videokonferensaloqa rejimida ishtirok etishning prosessual asosi va tartibini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.
Endilikda fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sudlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari vakillari belgilangan tartibda smartfon, planshet, noutbuk vositasida ishtirok etishi mumkin.
Ushbu Qonun fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirishga, fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklari, shuningdek qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Elyorjon Ismoilov
FIB O‘zbekiston tumanlararo sudi raisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika yosh ijodkorlari Zomin seminarining mintaqaviy bosqichi Farg‘onada adabiyot bayramiga aylandi

Farg‘ona viloyati va Xitoyning provinsiyalari o‘rtasida hamkorlik jadal rivojlanadi

Farg'onada “Dual ta‘limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada Xitoyning kompaniyalari bilgan hamkorlikda traktorlar ishlab chiqariladi

Turkiyaning Anqara shahridagi xiyobonda ulug‘ qomusiy olim Ahmad al-Farg‘oniy byusti o‘rnatildi

Farg‘ona viloyati delegasiyasining Xitoyga tashrifi doirasida hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi