“Sog'lom tanda - sifatli ta'lim” sport musobaqalari yakunlandi: g'olib va sovrindorlar munosib taqdirlanishdi








Joriy yilning 16-23 aprel kunlari So'x tumanida Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tizimidagi ta'lim muassasalari xodimlari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida “Sog'lom tanda - sifatli ta'lim” shiori ostida O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kubogi sport musobaqalarining tuman bosqichi bo'lib o'tdi. O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi So'x tuman bo'limi, Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi, sport maktabi hamda Yoshlar ishlari tuman bo'limi hamkorligida So'x sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka musobaqalari tashkil etildi. Musobaqa natijalariga ko'ra: Minifutbol bo'yicha 4-maktab jamoasi 1-o'rinni; Voleybol bo'yicha erkaklar o'rtasida 5-maktab jamoasi, ayollar o'rtasida 21-maktab jamoasi 1-o'rin; Stol tennisi bo'yicha erkaklar o'rtasida 25-maktab, ayollar o'rtasida 2-maktab 1-o'rin; Shashka bo'yicha erkaklar o'rtasida 4-maktab, ayollar o'rtasida 21-maktab 1-o'rin; Shaxmat bo'yicha erkaklar o'rtasida 4-maktab, ayollar o'rtasida 22-maktab 1-o'rinni qo'lga kiritishdi. Bugun g'olib jamoalarga tuman kengashi va Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining diplomlari hamda esdalik sovg'alari topshirildi. Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi o'rinbosari Ilhom Abdumajidov barcha g'olib va sovrindor bo'lgan muallimlarni muborakbod etdi. G'olib bo'lganlar o'z sovrinlarini mutasaddilardan qabul qilib oldilar. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz





Farg‘ona viloyati va Xitoyning provinsiyalari o‘rtasida hamkorlik jadal rivojlanadi