Farg‘ona - Penza: ikki hudud aloqalari faollashmoqda




"INNOPROM. Markaziy Osiyo" beshinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasida O‘zbekiston, Rossiya, Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlarning mashinasozlik, elektrotexnika, metallurgiya, kimyo sanoati, transport, qurilish, IT yo‘nalishidagi ilg‘or texnologik yechimlar, zamonaviy uskunalar va tayyor sanoat mahsulotlari taqdim etilmoqda. Mazkur tadbir hududlararo hamkorlikni faollashtirishga xizmat qilayotganligi bilan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rossiya Federatsiyasining qator viloyatlari rahbarlari bilan uchrashib, samarali kelishuvlarga erishilmoqda. Xususan, Rossiyaning Penza viloyati gubernatori Oleg Melnichenko bilan olib borilgan muzokaralarda ham Farg‘ona va Penza viloyatlari o‘rtasida turli yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi. Mebelsozlik, tibbiyot, parranda go‘shti ishlab chiqarish, migratsiya, Farg‘onadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvlarga erishildi. Ikki hudud delegatsiyalar almashinuvi tashkil etiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Farg‘ona va Jalolobod viloyati hamkorligi yanada kengaymoqda


Farg‘ona va Omsk viloyati hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi