Viloyat hokimi Xanti-Mansiysk avtonom okrugi gubernatori Ruslan Kuxaruk bilan uchrashdi




Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rossiya Federasiyasining Xanti-Mansiysk avtonom okrugi gubernatori Ruslan Kuxaruk bilan uchrashdi. Unda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda "INNOPROM. Markaziy Osiyo" beshinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi hududlar hamkorligini mustahkamlash, yangi hamkorlar topish va o‘zaro tajriba almashishga xizmat qilayotganligi ta‘kidlandi. Hududlar imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hamkorlikni rivojlantirish borasida fikr almashildi. Xususan, savdo-iqtisodiy, neft va gaz sanoati, qurilish, qishloq xo‘jaligi, ta‘lim, madaniyat kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

MDH doirasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritalari” imzolandi

Farg‘ona - Penza: ikki hudud aloqalari faollashmoqda

Farg‘ona va Jalolobod viloyati hamkorligi yanada kengaymoqda


Farg‘ona va Omsk viloyati hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi