MDH doirasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritalari” imzolandi









MDH doirasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritalari” imzolandi Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tarixida ilk bor ishtirokchi mamlakatlar hududlari forumi tashkil etildi. Nufuzli delegasiyalar hamda MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etgan anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jaev davlatlar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun hududlararo o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish, ishonchga asoslangan barqaror biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish muhimligini ta‘kidladi. So‘nggi 5 yil ichida mamlakatimizning MDH davlatlari bilan savdo aylanmasi qariyb 2 barobar o‘sib, 2024 yil yakunida 23 milliard dollardan oshdi. Hududlarimizda xorij kapitali ishtirokida 5 yarim mingdan ziyod kompaniya samarali faoliyat yuritmoqda. A‘zo davlatlar viloyat, shahar va tumanlarida yirik qo‘shma investisiya va infratuzilma loyihalari amalga oshirilayotgani e‘tiborga molik. Hududlararo savdoni rag‘batlantirish maqsadida 130 dan ziyod maxsus iqtisodiy zona faoliyat yurityapti, chegaradosh savdo hududlari tashkil etilmoqda. Bu jarayonda a‘zo davlatlar tomonidan hududlararo ahamiyatga ega 6 000 ga yaqin ikki tomonlama hujjat imzolangan. Tadbir chog‘ida respublikamizning chuqur iqtisodiy islohotlarni davom ettirish, investisiya va biznes uchun qulay muhit yaratish, sanoat tarmog‘ida yuqori qo‘shimcha qiymat yaratish hamda tashqi iqtisodiy aloqani kengaytirishga qat‘iy sodiqligi ta‘kidlandi. Forum yakunida o‘ndan ziyod hujjat – MDH doirasida do‘stona munosabatni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar hamda a‘zo mamlakatlar hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan “Yo‘l xaritalari” imzolandi. Birinchi forum doirasida hududlar o‘rtasida hujjatlar almashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Farg‘ona viloyati va Rossiya Federasiyasining Omsk viloyati hamda Farg‘ona viloyati va Qirg‘iz Respublikasi Jalolobod viloyati o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan hujjatlar almashildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Farg‘ona - Penza: ikki hudud aloqalari faollashmoqda

Farg‘ona va Jalolobod viloyati hamkorligi yanada kengaymoqda


Farg‘ona va Omsk viloyati hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi