“Ibratli oila” ko‘krak nishonlari o‘z egalariga tantanali topshirildi










“Ibratli oila” ko‘krak nishonlari o‘z egalariga tantanali topshirildi Viloyat hokimligida bir guruh namunali oila vakillariga “Ibratli oila” ko‘krak nishonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatimiz jamoatchiligi hamda taqdirlanganlar ishtirok etdi. Farzandlarini halol, vatanparvar va o‘qimishli insonlar etib voyaga etkazayotgan, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan, hayotiy tajribalari ommalashtirishga munosib bo‘lgan oilalar har yili 15 may – Xalqaro oila kuni arafasida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishi an‘anaga aylandi. Mazkur ko‘krak nishoni milliy va umumbashariy qadriyatlarni targ‘ib etishda, farzandlarimizni munosib insonlar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, joriy yilda davlatimiz rahbari tomonidan 2025 yil 7 mart kuni ezgu milliy qadriyatlarimizni rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan oilalar safini kengaytirish bo‘yicha belgilangan vazifalar asosida ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tizimi yanada takomillashtirildi va bu yil ko‘krak nishoniga saralash jarayonlari yangi yondashuvlar asosida tashkil etildi. 2025 yilda hududiy komissiyalar, vazirlik va idoralar tomonidan mazkur ko‘krak nishoniga 5 mingdan ziyod oila tavsiya etildi va ishtirokchi oilalar soni o‘tgan yilga nisbatan 5,1 baravarga ortdi. Natijada o‘tgan 2024 yil jami 208 ta oilaga ushbu ko‘krak nishoni topshirilgan bo‘lsa, joriy 2025 yilda 2000 ta oila “Ibratli oila” ko‘krak nishoniga munosib ko‘rildi. E‘tiborlisi, viloyatimizdagi 189 ta ibratli oilalar mazkur ko‘krak nishoni sohibi bo‘ldi. Ayni kunlarda mamlakatimiz tarixida ikkinchi bor 15 may - Xalqaro oila kuni bayrami arafasidagi tantanali taqdirlash marosimlarida ushbu ko‘krak nishoni o‘z egalariga topshirilmoqda. Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Komila Kavlonova va boshqalar mamlakatimizda oilani mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va avlodlar o‘rtasida uzviylikni ta‘minlashga qaratilgan ezgu tashabbuslar haqida so‘z yuritdi. “Ibratli oila” ko‘krak nishoni egalariga tantanali topshirilib, ezgu tilaklar bildirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Farg‘onada kitob do‘konlari yana bittaga ko‘paydi

Farg‘onada birinchi xalqaro kitobxonlik festivali boshlandi