Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

302025-05-20 09:00

Farg‘onada “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalarining mintaqaviy bosqichi boshlandi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747713548631.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747713553095.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747713556135.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747713558577.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747713561448.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747713564028.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747713566461.jpg

Farg‘onada “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalarining mintaqaviy bosqichi boshlandi Farg‘ona shahridagi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida mazkur musobaqalarning engil atletika yo‘nalishi bo‘yicha mintaqaviy bosqichi tashkil etildi. ! Tadbirda so‘z olganlar Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamda o‘tkazilayotgan mazkur musobaqaning asosiy maqsadi milliy terma jamoa uchun iqtidorli va raqobatbardosh sportchilarni saralab olish, ommaviy sportni keng omma orasida targ‘ib qilish ekanligini ta‘kidladilar. Bellashuvlarda Farg‘ona va Quvasoy shaharlari, Quva, So‘x hamda Farg‘ona tumanlaridan kelgan yosh sportchilar g‘oliblik uchun o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar medal hamda diplomlar bilan taqdirlanib, viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi. Ma‘lumot uchun: mazkur sport musobaqalari uch bosqichda tashkil etiladi. Dastlabki bosqichlar mintaqalarda o‘tkazilib, unda 15-17 yoshli yoshlar dzyudo, boks, taekvondo WT, og‘ir atletika, yunon-rum va erkin kurash, engil atletika, stol tennisi, badiiy gimnastika hamda 3x3 basketbol kabi olimpiya sport turlarida bellashishadi. Musobaqalar har yili ikki marta, turli hududlarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 20.05.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft