Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

592025-05-20 15:04

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Germaniya trikotaj ishlab chiqaruvchilar konfederatsiyasi (Gesamtmasche) hamda Sequa xalqaro hamkorlikni rivojlantirish tashkiloti vakillarini qabul qildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747735394749.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747735398663.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747735401839.jpg

Ushbu ikki tuzilma xalqaro hamjamiyatda o‘rta bo‘g‘inda mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida ulkan salohiyatga ega. Shu bois, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida katta hayotiy tajribaga ega va ishonchli hamkor sifatida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Uchrashuvda viloyatdagi tekstil sohasida faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlarning malakasini oshirish, ularga zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash borasida ko‘nikmalar berish hamda Farg‘ona paxta-to‘qimachilik sanoati mahsulotlarini Germaniya, shu bilan birga Yevropa bozorlariga eksport qilish imkoniyatlari, bu jarayonda ikki tomonlama hamkorlik ko‘lami jadal sur‘atlarda rivojlanib borayotganligi, hamkorlikda olib borilayotgan ishlar holati muhokama qilindi. Viloyat rahbari O‘zbekiston-Germaniya o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanib borayotganini qayd etib, Farg‘onada boshlangan loyiha yaxshi samara berayotgani, boshqa yo‘nalishlarda ham aloqalarni faollashtirish lozimligini bildirdi. Germaniya trikotaj ishlab chiqaruvchilar konfederasiyasi bosh menejeri Silvia Jangbauer qabul uchun minnatdorlik bildirib, 2022-yil oktyabr oyida viloyatga tashrifi davomida tekstilь sohasida zamonaviy texnologiyalar bilan ishlay oladigan ishchi-mutaxassislarni o‘qitish, qayta tayyorlash bo‘yicha hamkorlikda ishlab chiqilgan loyiha yanada takomillashtirilgani, ushbu loyiha bugun o‘z samarasini berayotganligini ta‘kidladi. O‘zbekiston, xususan, Farg‘ona ishonchli hamkor sifatida Germaniyada ham e‘tirof etilayotganligi, ko‘plab germaniyalik tadbirkorlar yangi loyihalarga investitsiya kiritishga qiziqish bildirayotganligi haqida aytib o‘tdi. Ushbu yo‘nalishlarda yangi hamkorlarni ham Farg‘onaga jalb qilish maqsad qilingani ma‘lum qilindi. Muloqotda viloyat hokimi ayollarni ish bilan ta‘minlashda tekstil sohasi muhim ekanligini qayd etib, bu yo‘nalishdagi yangi loyihalarni ham har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Uchrashuvda germaniyalik tadbirkorlarni viloyatimizga olib kelish, ular bilan hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kelishib olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 20.05.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft