Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2322025-05-19 12:45

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyatimizda bo‘lib turgan Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Pergabriele Papadia de Bottini bilan uchrashdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747640600512.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747640604707.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747640607755.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747640610608.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747640613486.jpg

Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan muloqotda O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilayotgani ta‘kidlandi. Shu bilan birga, hududlararo hamkorlik aloqalarini yanada faollashtirish masalalariga alohida e‘tibor qaratildi. Uchrashuv ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni jonlantirish, investision loyihalarni amalga oshirish hamda turli sohalardagi hamkorlikni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, suv xo‘jaligi tarmoqlarini raqamlashtirish va energetika sohasida o‘zaro hamkorlik masalalari, shuningdek, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) tomonidan mazkur sohada qator loyihalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ekspertlarni jalb etgan holda chora-tadbirlarni tayyorlash ishlari muhokama qilindi. Qishloq jo‘jaligida xosildorlikni oshirish, urug‘chilik, ko‘chatchilikdan tortib, mahsulotlarni sertifikatlashgacha bo‘lgan jarayonlarni xalqaro standartlar darajasida rivojlantirish, soha uchun zamonaviy mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Uchrashuv davomida Italiyaning Pьemont shahri bilan hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, italiyalik tadbirkorlarni Farg‘ona viloyatiga jalb etish va amaliy tashriflar orqali viloyatning investision salohiyatini taqdim etish masalalari ko‘rib chiqildi. Yakunda viloyat hokimligi va Italiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 20.05.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft