Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

222912025-05-20 14:39

Farg‘onada shandunlik ishbilarmonlar hamkorligida yangi loyihalar amalga oshiriladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747733909938.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747733913593.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747733917154.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747733919604.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747733922270.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Shandun provinsiyasidagi yirik ishlab chiqarish tarmoqlariga ega “Woerde Group” kompaniyasi raisi Lin Bo boshchiligidagi xitoylik ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qildi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi aprel oyida Xitoyga tashrifi davomida “Woerde Group” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazib, samarali kelishuvlarga erishgandi. Endilikda bu amaliy bosqichga o‘tib, viloyatimizda hamkorlikda yangi loyihalar boshlanmoqda. Uchrashuvda kelishuvlar doirasidagi istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xitoyda o‘tkazilgan taqdimotlar natijasida ko‘plab ishbilarmonlar Farg‘onaga sarmoya kiritishga katta qiziqish bildirayotgani, qisqa vaqt ichida bu o‘zining amaliy samaralarini berishi qayd etildi. Viloyat rahbari Xitoy bilan hududlararo hamkorlik tobora kengayib borayotganini, xususan, viloyatimiz bilan Shandun provinsiyasi o‘rtasidagi do‘stona va ishonchli aloqalar mustahkamlanayotganini ta‘kidlab o‘tdi. Muloqot davomida Farg‘ona viloyatida maxsus texnopark tashkil etish, unda shandunlik tadbirkorlarning loyihalarini joylashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Hozirdan bunga qiziqish kuchli ekanligi bildirilib, quvurlar ishlab chiqarish loyihasi taqdimot qilindi. Viloyat rahbari bildirilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlashini, viloyatimizning har bir hududida maxsus sanoat zonalari tashkil etilayotganini ma‘lum qilib, kelishuvlar doirasida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘makka tayyor ekanligini ta‘kidladi. Uchrashuv yakunida Farg‘ona viloyati hamda “Woerde Group” kompaniyasi o‘rtasida Farg‘onada Shandun provinsiyasi savdo uyini, Shanьdunda esa Farg‘ona viloyati savdo uyini tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 15.12.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft