Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Luoyang arxeologik tadqiqotlar instituti rahbari o‘rinbosari Lyu Bin hamda investor Shue Xaiyang bilan uchrashuv o‘tkazdi



Muloqotda Quva tumanidagi “Shahriston Qubosi” arxeologiya yodgorligida Farg‘ona davlat universiteti professor-o‘qituvchilari hamda xitoylik tadqiqotchilar hamkorligida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar hamda istiqbolli loyiha muhokama qilindi. - Yodgorliklarni asl holatda saqlab qolish bilan bir qatorda, zamonaviy texnologiyalar yordamida tarixni jonlantirish katta ahamiyatga ega, – dedi viloyat hokimi suhbat davomida. Shuningdek, uchrashuv davomida xitoylik tadbirkor zamonaviy, arzon va sifatli qurilish materiallari ishlab chiqarish, kottejlar qurilishi bo‘yicha takliflarini bildirdi. Bildirilgan takliflar yuzasidan aniq loyihalarni ishlab chiqish hamda ularni tez fursatda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi. Uchrashuvda Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



