Qo‘qon shahrida “Yangi O‘zbekiston” massivi barpo etilmoqda.





Qo‘qon shahridagi Movarounnahr, Xo‘jand va Istiqlol ko‘chalari hududida renovasiya dasturi doirasida “Yangi O‘zbekiston” massivi barpo etilmoqda. Massivda jami 6415 xonadondan iborat 83 ta ko‘p qavatli uylar, ta‘lim muassasalari, xizmat ko‘rsatish va savdo majmualari qurilishi belgilangan bo‘lib, hozirda qurilish jadallik bilan olib borilmoqda. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qo‘qon shahrida bo‘lib, yangi massivda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Dastlab tegishli mas‘ullar ishtirokida mazkur qurilish jarayonlarining borishi muhokama qilindi. Berilgan topshiriqlar ijrosi tahlil etilib, uy-joylar hamda savdo va xizmat ko‘rsatish ob‘ektlarini barpo etish jarayonlari, qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish yuzasidan mas‘ullarga vazifalar topshirildi. Shundan so‘ng viloyat rahbari yangi barpo etilayotgan massivning qurilish jarayonini borib ko‘rdi. Bu erdagi infratuzilmani yanada takomillashtirish, qurilishning sifatiga e‘tibor qaratish, loyihalarni joylashtirish borasida ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Viloyat rahbariga viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat IIB boshlig‘i Azizbek Ikramov hamrohlik qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Respublika ishchi guruhi a‘zolari hududlarda o‘rganishlar olib bormoqda

Qo‘qon davlat universitetining yangi rektori jamoaga tanishtirildi
