Farg‘ona viloyati va Pekin shahri o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda





Farg‘ona viloyati va Pekin shahri o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Vodildagi “Qabullar uyi”da Xitoyning Pekin shahridagi Shunьi rayoni rasmiylari va ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegasiya bilan uchrashdi. Unda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda viloyat hokimi O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari yanada mustahkamlanib, yangi bosqichga ko‘tarilganligini qayd etib, hududlararo aloqalar yanada faollashayotganini, birgalikda ko‘plab istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotganini ta‘kidladi. Farg‘ona viloyatining iqtisodiy-investision salohiyati, hududlarda yaratilayotgan sharoitlar haqida ma‘lumot berildi. Shunьi rayoni partiya qo‘mitasi raisi Li Szaydun ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning tarixiy ildizlari uzoq asrlarga borib taqalashini, bugungi kunda yuqori darajadagi do‘stona va ishonchli aloqalar yanada mustahkamlanayotganiga e‘tibor qaratdi. Farg‘ona viloyati hamda Shunьi rayoni bilan ko‘plab sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish takliflarini bildirdi. Xususan, avtomobilsozlik, elektrotexnika, sanoat, IT, turizm kabi yo‘nalishlardagi imkoniyatlar ikki hududni bog‘lash hamda calohiyatli kompaniyalarni jalb etgan holda investisiyaviy loyihalarni amalga oshirishda muhim omil bo‘lishi ta‘kidlandi. Viloyat rahbari barcha takliflarni qo‘llab-quvvatlashini, ilg‘or tajriba hamda texnologiyalar, loyihalar ikki hudud hamkorligida katta samara berishligini aytib o‘tdi. Uchrashuvda bildirilgan takliflar asosida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish, ikki hududning ishchi guruhlarini tuzish hamda hamkorlikni kengaytirish borasida chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, uchrashuv yakunida Shunьi rayoni Mapo shaharchasi xalq hukumati bilan viloyatimizdagi “Innotech Solutions” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotdan foydalanish borasida 20 mln dollarlik shartnomalar imzolandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi a‘zolari hududlarda o‘rganishlar olib bormoqda

Qo‘qon shahrida “Yangi O‘zbekiston” massivi barpo etilmoqda.

Qo‘qon davlat universitetining yangi rektori jamoaga tanishtirildi
