Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2632025-05-27 12:13

Viloyat hokimi Isroilning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisini qabul qildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748329837015.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748329840809.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyatimizda bo‘lib turgan Isroilning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Gideon Lustigni qabul qildi. Uchrashuvda ta‘lim, tibbiyot, turizm, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, suv tejamkor texnologiyalar, asalarichilik va eksport sohalarida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi. Ikki tomonlama manfaatli munosabatlarni rivojlantirish maqsadida mavjud imkoniyatlar ko‘rib chiqildi. Isroil davlati elchisi tashrif davomida Farg‘ona viloyatida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlari bilan tanishganini va katta taassurotlarga ega bo‘lganini ta‘kidladi. Xususan, Farg‘ona shahridagi Ekoshahar — “Yangi O‘zbekiston” massividagi yaratuvchanlik ishlari, sanoat zonasi va yangi loyihalarga yuqori baho berdi. Muloqot chog‘ida hududlararo hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi. Bildirilgan takliflar asosida kelgusida yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 29.05.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft