Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2922025-05-27 14:19

Farg‘onada raqamli kasblar texnikumi tashkil etiladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748337402091.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748337406269.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748337412491.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748337415047.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748337418053.jpg

Farg‘onada raqamli kasblar texnikumi tashkil etiladi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va Rossiyaning “Sinergiya” korporasiyasi vise-prezidenti Mixail Erofeev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda raqamli kasblar sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Muloqotda Rossiyaning yirik ta‘lim va innovasion klasteri — “Sinergiya” korporasiyasi faoliyati haqida taqdimot o‘tkazildi. Ushbu klaster 50 dan ortiq turli yo‘nalishdagi tashkilotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ta‘lim, texnologik resurslar, marketing, sotuv va o‘quv jarayonlarini boshqarish sohalarida katta tajribaga ega ekani ta‘kidlandi. Uchrashuvda yosh avlodni raqamli sohalarga yo‘naltirish, ularni axborot-kommunikasiya texnologiyalari bilan bog‘liq zamonaviy kasblarga o‘qitish orqali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Farg‘ona shahrida “Sinergiya” raqamli kasblar texnikumini tashkil etish hamda ushbu texnikum bilan Rossiyadagi “Sinergiya” raqamli kasb-hunar texnikumi o‘rtasida ikki tomonlama diplom berish dasturini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan bo‘lib, muloqotda mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va o‘zaro hamkorlik chora-tadbirlarini belgilab olish bo‘yicha kelishib olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 29.05.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft