Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

362025-05-24 19:03

So‘x tumanida "Bir vatan - bitta taqdir" shiori ostida "Yoshlar oqshomi" o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748095368777.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748095373244.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748095376316.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748095378685.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748095381750.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748095384045.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748095386780.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748095389380.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748095391920.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748095394363.jpg

So‘x tumanida "Bir vatan - bitta taqdir" shiori ostida "Yoshlar oqshomi" o‘tkazildi Farg‘ona viloyati hokimligi tashabbusi bilan So‘x tumanida ikki kun davomida o‘tkazilgan “Bir Vatan – bitta taqdir” mavzusidagi ma‘naviy-ma‘rifiy targ‘ibot tadbirlari tuman aholisiga o‘zgacha shukuh va o‘ziga xos ko‘tarinkilik bag‘ishladi. O‘tkazilgan uchrashuv, davra suhbatlari, seminar-treninglar, sport va intellektual musobaqalarda so‘xlik yoshlar faol ishtirok etdilar. Tumandagi markaziy o‘yingohda tashkil etilgan “Yoshlar oqshomi” gala-konsertida viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov ishtirok etdi va barcha so‘xliklarni ushbu tantana bilan samimiy qutladi. Tadbir davomida tumandagi 26-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabiga “Aqlvoy” avtobusi va tuman obodonlashtirish boshqarmasiga suv ta‘minotiga mo‘ljallangan avtomashina kalitlari topshirildi. Otabek Muhammadzohid, Valijon Qodirov, Shohida Zokirova, “Tarannum” guruhi dueti va Farangiz To‘ychiboevalar tomonidan ijro etilgan go‘zal taronalar tadbir ishtirokchilariga o‘zgacha quvonch baxsh etdi. Shuning bilan, So‘x tumani aholisi va yoshlarining ijtimoiy kayfiyatini o‘rganish, taklif hamda muammolarini hal qilish maqsadida o‘tkazilgan “Bir Vatan - bitta taqdir” shiori ostidagi madaniy-ma‘rifiy tadbirlar o‘z nihoyasiga etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 25.05.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft