Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Dang‘ara tumanida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi



Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Dang‘ara tumanida bo‘lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Ayni kunlarda G‘umoyli MFYda “YUNEX TECN” mas‘uliyati cheklangan jamiyati tomonidan xitoylik investorlar bilan hamkorlikda elektr jihozlari ishlab chiqarish korxonasi qurilmoqda. Loyiha uchun 30 mln dollar xorijiy investisiya yo‘naltirilmoqda. Korxonani joriy yil yakunida ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lib, 200 ta ish o‘rinlari yaratiladi. Viloyat rahbari mazkur korxonaning qurilish ishlarini borib ko‘rdi, tadbirkor bilan muloqotda bo‘ldi. Qurilish ishlarini jadallashtirish, texnologiyalarni o‘rnatishni boshlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Tuman markazidagi “Uvaysiy” mahalla fuqarolar yig‘ini Istiqlol ko‘chasida ishlab chiqilgan master reja asosida 24/7 rejimida ishlaydigan maxsus xizmat ko‘rsatish ko‘chasini tashkil etish ishlari boshlangan. Bu erda yangi xizmat ko‘rsatish ob‘ektlari, ko‘p qavatli uylar barpo etiladi, hudud obod maskanga aylantiriladi. Viloyat hokimi mazkur ko‘chadagi qurilish jarayonini borib ko‘rdi. Loyihalarni takomillashtirish, zamonaviy xizmat ko‘rsatish ob‘ektlarini tashkil etish, hududni obodonlashtirish, shuningdek, aholi uchun qulay sharoitlarni yaratishga e‘tibor qaratish borasida mas‘ullarga vazifalar yuklatildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Dang‘araning chempionlar etishtiradigan sport maktabi

Yangi texnologiyalar hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda

Viloyatimizning barcha maktablarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" sadolari yangradi