Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1402025-05-24 10:59

Viloyatimizning barcha maktablarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" sadolari yangradi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748066121426.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748066125499.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748066129000.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748066131784.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748066134843.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748066138316.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748066141331.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748066143999.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748066146618.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748066149606.jpg

Viloyatimizning barcha maktablarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" sadolari yangradi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Dang‘ara tumanidagi 1-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta‘lim maktab-internatida tashkil etilgan "Ilm eng buyuk sharaf!" shiori ostidagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi. Dastlab viloyat hokimi Prezidentimizning mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlariga tabrigini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng qalbida bir olam orzular bilan ulkan marralar sari dadil intilayotgan o‘g‘il-qizlarni maktab ta‘limini muvaffaqiyatli tamomlayotgani bilan samimiy tabriklab, viloyatimiz ta‘lim tizimida so‘nggi yillarda sifat va samaradorlik ancha yaxshilanib, mahoratli, izlanuvchan o‘qituvchilarning safi tobora kengayib borayotganini alohida ta‘kidladi. Joriy yil 15 may kuni Prezidentimiz raisligida maktab ta‘limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqqanligi, sohadagi har bir yo‘nalish atroflicha tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilangani qayd etildi. Dang‘ara tumanidagi mazkur maktab-internati ham viloyatdagi namunali bilim dargohlaridan biri bo‘lib, joriy o‘quv yilida maktab-internatini 25 nafar o‘quvchilar 11-sinfini tamomlayotganligi ma‘lum qilindi. E‘tiborlisi, mazkur maktab bitiruvchilari uch yildan buyon to‘liq oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kiradi. Maktab-internatning 11-sinf o‘quvchisi Nozimjon Shavkatjonovning nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida erishyotgan yutuqlari ham quvonarli. Fan olimpiadasining Respublika bosqichida fizika fanidan faxrli 1-o‘rinni egallagan Nozimjon joriy yil 5-10 may kunlari Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan APhO – Osiyo fizika olimpidasida bronza medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston tarixida APhO olimpiadasida bunday natija hali bo‘lmagan. Oldinda Nozimjonni 2025 yil iyunь oyida Fransiyada o‘tkaziladagan nufuzli xalqaro fizika olimpiadasi kutib turibdi. Shu ma‘noda ta‘lim-tarbiya bergan ustozlariga, maktab jamoasiga, ota-onasiga o‘z minnatdorchiligini aytgan viloyat hokimi Farg‘onadan, Dang‘aradan nufuzli olimpiadalar g‘oliblari etishib chiqishiga tilak bildirdi. O‘quvchilar erishayotgan yutuqlarda ustozlarning mehnatlari, xizmatlari muhim ahamiyat kasb etayotganiga e‘tibor qaratdi. “Hayotni qadrini, mazmun mohiyatini anglashda ilmning o‘rni muhim. Shunday ekan, Yangi O‘zbekistonni bunyodkorlarini tarbiyalashda fidoyi o‘qituvchilarimizning xizmati katta bo‘lmoqda. Ustozlarni hurmat-e‘tiborini joyiga qo‘yish, ularni ulug‘lashimiz shart. Qolaversa, farzandlariga mablag‘ sarflagan ota-onalar ham albatta, ertaga uning ijobiy natijasini ko‘radi, bu mablag‘lar bir necha barobar bo‘lib qaytadi”, - dedi viloyat rahbari. Davlatimiz rahbarining farmoni bilan nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib va sovrindor bo‘lganlar uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 karra oshirildi. Nufuzli xalqaro olimpiada g‘olibi 937,5 mln so‘m (72,6 ming dollar) mukofot puliga ega bo‘lsa, ularning o‘qituvchilariga 168,7 mln so‘m miqdorida pul mukofoti beriladi. Tadbirda bu ham ilm olishga e‘tibor va rag‘bat bo‘layotgani qayd etildi. Viloyat hokimi bitiruvchilarni tinimsiz o‘qib, izlanib, zamonaviy bilimlarni egallashdan to‘xtamasliklari, vaqtning qadriga etib, muntazam ilm olib, bilimlarini oshirib, qat‘iy belgilab olgan reja va maqsadlari sari dadil harakat qilishlariga, kelgusida katta muvaffaqiyatlarga erishishlariga, yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng ko‘lamli imkoniyatlardan samarali foydalanib, chinakam vatanparvar va fidoyi inson bo‘lib etishishlariga ishonch bildirdi. Samarali faoliyat olib borayotgan maktab o‘qituvchilari, iqtidorli o‘quvchilarning bir guruhi viloyat hokimining faxriy yorliq, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Maktab jamoalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar barchaga manzur bo‘ldi. Ma‘lumot o‘rnida, viloyatimizda 955 ta davlat umumta‘lim maktablari, 21 ta Prezident, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari bilan birga 100 ta nodavlat, davlat-xususiy sheriklik shaklidagi maktablar faoliyat yuritmoqda. Ushbu maktablarda jami 721 ming 556 nafar o‘g‘il-qizlar ta‘lim olib kelishmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 24.05.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft