Yangi texnologiyalar hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda





Yangi texnologiyalar hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Dang‘ara tumanidagi “Asia premium” fermer xo‘jaligi dala maydonlarida Xitoy texnologiyasi asosida olib borilayotgan g‘o‘za parvarishi bilan tanishdi. Fermer xo‘jaligida 58 gektar maydonga mazkur texnologiya asosida plyonka ostiga Xitoyning paxta navi ekilib, parvarishlanmoqda. Bu erda tomchilatish tizimi joriy etilgan. Yangi usulda hosil etishtirish suv va mablag‘ni tejaydi, hosildorlikni keskin oshiradi. Ekinlar yagana, chopiq qilinmaydi. Nihollarni kerakli suv va ozuqalar bilan ta‘minlashda quvurlarning xizmati katta. Ular kerakli chuqurlik va ko‘lamda er namligini saqlab turadi. Suv, mineral o‘g‘itlar, zararli hashorat, begona o‘tlarga qarshi kurashish vositalari ham quvurlar yordamida amalga oshiriladi. Paxtadan 60 sentnerdan ortiq hosil olish rejalashtirilgan. Fermer xo‘jaligi rahbari Ilhomjon Mahmudov viloyat hokimiga shular xususida ma‘lumot berdi. Jarayonlar bilan tanishgan viloyat hokimi kelgusida shu texnologiya asosida paxta etishtirishning ko‘lamini kengaytirish, hosildorlikni oshirish bo‘yicha fikrlar bildirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Dang‘araning chempionlar etishtiradigan sport maktabi


Viloyatimizning barcha maktablarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" sadolari yangradi