Dang‘araning chempionlar etishtiradigan sport maktabi





Dang‘araning chempionlar etishtiradigan sport maktabi Dang‘ara tumani sport maktabida bugungi kunda 2 158 nafar yoshlar sportning 14 ta turi bo‘yicha shug‘ullanishmoqda. O‘tgan yilda “Tashabbusli byudjet”da g‘olib bo‘lib, 1 milliard 150 million so‘m mablag‘ hisobiga sport zali qurilib, foydalanishga topshirildi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun mazkur maktabda bo‘lib, sportchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. E‘tiborli jihati, maktabning yosh sportchilari xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallashmoqda. Bu erda ko‘plab O‘zbekiston va jahon chempionati g‘oliblari bor. O‘tgan bir yilda kompleks va xalqaro sport musobaqalarida Dang‘ara tumani sportchilari tomonidan 5 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medallari qo‘lga kiritilgan. Maktab o‘quvchilari 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tgan Paralimpiadada Mohigul Hamdamova nayza uloqtirish bahslarida oltin medal, o‘tgan yilda Parijda bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida Shahina Yigitalieva nayza uloqtirish bo‘yicha kumush medali sohibasi bo‘ldi. 2028 yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga maktabning uch nafar o‘quvchisi nomzod bo‘lib, yo‘llanma kiritish harakatida. Viloyat rahbari sport maktabining bu yutuqlarini yuqori baholadi hamda yosh sporchilar uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi, moddiy-texnik bazasini mustahkamlanishi uchun yordam berilishini ma‘lum qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Yangi texnologiyalar hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda


Viloyatimizning barcha maktablarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" sadolari yangradi