Dang‘arada futbol yanada ommalashib, mahalla yoshlarining sevimli sport turiga aylanmoqda



Dang‘ara tumanida millionlar o‘yini bo‘lgan futbol yanada ommalashib, mahalla yoshlarining sevimli sport turiga aylanmoqda. Bunda esa tashabbuskor yurtdoshlarimizning munosib hissasi bor. Ulug‘bek Yodgorov 2022 yilning mart oyida mahallalardagi havaskor futbol jamoalari o‘rtasida “Havaskorlar ligasi”ni tashkil etib, bugun yanada rivojlantirib kelmoqda. Musobaqa har yili ko‘tarinkilik bilan tashkil etilmoqda. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovga bugun mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar taqdimot qilindi. Hozirda “Havaskorlar ligasi” musobaqalarining 5-mavsumini o‘tkazish jarayoni boshlangan. Unda 80 ga yaqin havaskor jamoalar qatnashish istagini bildirishgan. Tumandagi 14-umumta‘lim maktabining stadioni ta‘mirdan chiqarildi. Bu erda yosh futbolchilar muntazam shug‘ullanib kelishmoqda. Shuningdek, Aravon MFYda tadbirkor Ulug‘bek Yodgorov tomonidan sport kompleksini qurish rejalashtirilgan. Viloyat rahbari bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, musobaqani tashkil etishda viloyat hokimligi tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatilishini bildirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Dang‘araning chempionlar etishtiradigan sport maktabi

Yangi texnologiyalar hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda


Viloyatimizning barcha maktablarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" sadolari yangradi