Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2752025-07-17 13:23

Bugungi kunda mahalla fuqarolik jamiyatining tayanch ustuni, chinakam xalqchil tuzilmaga aylandi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752740393717.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752740402862.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752740418237.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752740427151.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752740431157.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752740448675.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752740454507.jpg

Bugungi kunda mahalla fuqarolik jamiyatining tayanch ustuni, chinakam xalqchil tuzilmaga aylandi. Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan “mahalla yettiligi” tizimi aholining turmush sifatini oshirish, muammolarni joyida hal etishda muhim o‘rin tutmoqda. Ushbu tizim orqali aholi daromadlarini oshirish, ishsizlikni kamaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlar bilan samarali ishlash, jinoyatchilik hamda erta nikohlarning oldini olish kabi dolzarb vazifalar amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash viloyat kengashini joriy yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati tahlil etilib, “mahalla yettiligi” tizimi samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, “mahalla yettiligi”ning viloyat boshqarmalari, Mahallalar uyushmasining shahar-tuman bo‘limlari rahbarlari, Kengash a‘zolari hamda boshqa daxldor tashkilot va idoralar vakillari ishtirok etdi. Viloyat rahbari “mahalla yettiligi” oldida turgan ustuvor vazifalarga to‘xtalib, quyi bo‘g‘inda samarali faoliyat yuritish, hamjihatlik, fidoyilik bilan ishlash va natijadorlikka erishish muhimligini ta‘kidladi. Yig‘ilishda mahallalarni ishsizlik, kambag‘allik, oilaviy ajrim va migratsiya kabi muammolardan xoli hududga aylantirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni bartaraf etish, aholi murojaatlari bilan samarali ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas‘ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi. Yig‘ilish yakunida tizim samaradorligini yanada oshirish, muammolarni mahallaning o‘zida hal etish, aholi ehtiyojlarini o‘rganish va manzilli yordamni tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 19.07.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft