Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

482025-08-14 21:17

Farg‘onada tibbiyot sohasi to‘liq raqamlashib, xizmat sifati yaxshilanmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755188183041.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755188189365.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755188195921.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755188199827.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1755188203814.jpg

Farg‘onada tibbiyot sohasi to‘liq raqamlashib, xizmat sifati yaxshilanmoqda Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish hamda ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy etish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda tibbiyot muassasalarini DMED — Yagona tibbiy axborot tizimiga ulash muhim qadamlardan biri hisoblanadi. Hozirda ushbu tizimga ulanish bo‘yicha Farg‘ona viloyati respublikada etakchilik qilmoqda. Farg‘ona viloyatining yuqori ko‘rsatkichi — viloyatda tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, aholiga qulay va shaffof xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan jiddiy e‘tibordan dalolat beradi. Tizimga ulanish shifokor qabuliga onlayn yozilish, kasallik tarixi ma‘lumotlarini markazlashtirish, muassasalar o‘rtasida tezkor axborot almashinuvini ta‘minlash orqali tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Viloyat hokimligida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Olim Omonov va viloyatdagi tizim mas‘ullari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda shular xususida ma‘lumotlar berildi. Vazir o‘rinbosari ushbu natijaga erishishda viloyat rahbariga hamkorlik va qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorlik bildirdi. Tizimning afzalliklari, erishiladigan natijalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Qo‘qon shahri, Farg‘ona va Quva tumanlari to‘liq raqamlashtirilganligi ma‘lum qilindi. Tibbiyot muassasalarini moddiy-texnik bazasini yangi, zamonaviy uskuna va jihozlar bilan ta‘minlash borasidagi ishlar bo‘yicha ham fikr almashildi. Uchrashuv yakunida sohani yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 15.08.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft