Viloyat hokimi Xitoyning “Inspur smart industry group Co.,Ltd” kompaniyasi vakillarini qabul qildi




Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Inspur smart industry group Co.,Ltd” kompaniyasi vakillarini qabul qildi. Uchrashuvda mazkur kompaniya tomonidan viloyatimizda suv resurslarini tejash va suv ta‘minoti tizimlarini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. Kompaniya vakillariga ko‘ra, 4 G tarmog‘ida ishlovchi aqlli hisoblagich masofadan turib boshqariladi, suvdan qarzdorlik bo‘lsa avtomatik tarzda o‘chadi. Eng muhimi suvning sarfi suv ta‘minotida ham ko‘rinadi. Bu esa shaffoflikni ta‘minlaydi. Viloyat rahbari ushbu loyiha muhim ekanligini qayd etib, suv tanqisligi yuzaga kelayotgan bir paytda avtomatik boshqaruv tizimiga o‘tish vaqti kelganligini ta‘kidladi. Sifat va mustahkamligiga e‘tibor qaratish kerakligini bildirdi. Mazkur loyiha "Aqlli" suv hisoblagichlarini ishlab chiqarishda "Farg‘ona tajriba" si bo‘lishi qayd etildi. Shuningdek, ishlab chiqarishda mahalliylashtirishga alohida e‘tibor qaratish zarurligi ta‘kidlandi. Loyihani sanoat texnoparkiga joylashtirish hamda hududning imtiyozlari haqida ma‘lumotlar berilishi ta‘kidlandi. Yakunda kelishuvlarni amalga oshirib, loyihani jadallashtirish bo‘yicha kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi

Viloyatimizda O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlanmoqda