Furqat tumanida xitoylik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda yangi loyiha amalga oshirilmoqda




Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Xinjiang Xiya Jianking Keji Co,.Ltd” kompaniyasi rahbari Vang Xiyani qabul qildi. Uchrashuvda Furqat tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. Kompaniya rahbari Vang Xiya samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Furqat tumanida kanalizasiya tizimini modernizasiya qilish va raqamlashtirish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilayotganligi, hamkorlikdagi rejalar bo‘yicha ma‘lumot berdi. Bundan tashqari, tumandagi Renovasiya bo‘yicha ham loyihalarga qiziqish bildirilayotganligi, viloyat bo‘yicha investisiyaviy imkoniyatlar o‘rganilib,, ularga faol sarmoya kiritish rejalashtirilayotganini ma‘lum qildi. Viloyat rahbari xitoylik tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatilib, ko‘plab istiqbolli loyihalar bo‘yicha hamkorlikda samarali natijalarga erishilayotganini qayd etdi. Mazkur loyihalar ham viloyat uchun muhim ekanligini ta‘kidlab, uni qo‘llab-quvvatlanishi, Furqat tumanida ushbu loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, boshqa tumanlarga ham tatbiq etilishini bildirdi. Muloqotda aniq takliflar ishlab chiqilib, loyihani boshlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Farg‘onada tibbiyot sohasi to‘liq raqamlashib, xizmat sifati yaxshilanmoqda

Farg‘ona – Shinjon - Uyg‘ur munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
